Braziliyadagi ayollar qamoqxonalaridan birining ma’muriyati mahbuslarga ta’sir o‘tkazib, ularni yaxshiroq bo‘lishga undashning noodatiy va oqilona usulini topdi, deb yozadi Travel Ask.
Ayni paytda jazo muddatini o‘tayotgan ayollar uchun axloq tuzatish muassasasida go‘zallik tanlovi uyushtirildi. Mahbuslarga har bir qiz orzu qiladigan hamma narsa berildi: oqshom liboslari, pardoz-andoz, soch turmaklari, liboslarni tantanali tarzda namoyish qilish va tadbirga taklif qilingan qarindoshlari qarshisida o‘z iste’dodlarini ko‘rsatib berish imkoniyati.
Turma ma’muriyati fikricha, bunday tanlovning har yili o‘tkazilishi ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga va ularning birdamligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Izoh (0)