AQSh ittifoqchilari bilan birgalikda Suriyada IShIDning so‘nggi tayanchlarini ozod etish bo‘yicha operatsiyani boshlamoqda. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Kurash og‘ir kechadi, biroq hamkorlarimiz bilan birgalikda g‘alaba qozonamiz... IShIDning Suriya hududini nazorat qilayotgan va kishilarni qo‘rquvga solayotgan kunlari yakuniga yetmoqda”, — deyiladi xabarda.
Koalitsiya, shuningdek, Turkiya, Isroil, Iordaniya, Iroq va Livan chegaralarini jangarilardan himoya qilishni rejalashtirayotganligi ta’kidlanadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)