2-may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Song Young-gil boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Janubiy Koreya delegatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vazirligida, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan bo‘lib, ularda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)