Kobulda 30-aprel tongida yuz bergan ikki portlash qurbonlari soni 21 kishiga yetdi. Bundan tashqari, 27 kishi jarohat olgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avvalroq yetti kishining qurbon bo‘lganligi, 20 kishi jabrlanganligi ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kobulda 30-aprel tongida ikkita portlash yuz berdi. Birinchi portlashni mototsikldagi xudkush terrorchi amalga oshirgan.
Ikkinchi portlash oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar orasida TOLOnews, 1 TV va Al Jazeera telekanallari va boshqa OAVlari vakillari borligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)