KXDR yetakchisi Kim Chen In bundan keyin Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inni raketa uchirishlar bilan uyg‘otmaslikka so‘z berdi. Odatda Shimoliy Koreya tomoni ularni erta tongda amalga oshirar edi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining matbuot kotibi Yun Yon Chxan ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Kim Chen In prezident Munga u Shimolning raketa uchirishlari tufayli doim erta tongda turishi haqida eshitganligini ma’lum qildi va bundan buyon uning uyqusini bezovta qilmaslikka so‘z berdi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, Kim, shuningdek, Koreya yarimorolidagi qarama-qarshiliklar tarixiga yakun yasashga chaqirgan.
Izoh (0)