Janubiy Koreya biznesmenlari Koreya Respublikasi va KXDR o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashganidan so‘ng Kesondagi koreyalararo sanoat majmuasi faoliyati qaytadan tiklanishiga umid bog‘lamoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Keson majmuasi uyushmasi tarkibiga kiruvchi kompaniyalarning qo‘shma bayonotida ta’kidlanishicha, ikki Koreya yetakchilarining Pxanmunchjomdagi qo‘shma bayonoti o‘zaro iqtisodiy hamkorlik qaytadan jonlanishiga umid tug‘dirdi.
Birlashma ayniqsa ikki yetakchi Kesonda qo‘shma koordinatsion byuro yaratishga kelishib olganini olqishladi.
Keson majmuasi Shimoliy Koreya hududidagi demilitarizatsiya qilingan zonada joylashgan.
Izoh (0)