Rossiya eksport markazi O‘zbekiston hukumati bilan atom elektr stansiyasi qurilishni moliyalashtirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Markazning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenkoga ko‘ra, ayni paytda asosiy urg‘u yuqori texnologik mahsulotlar olib kirishga berilmoqda. Shu bilan birga, AES qurilishni moliyalashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida shu yil oxiriga qadar Rossiya bilan AES qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolanishini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)