Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-aprel kuni Pekin shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida vazirlar O‘zbekiston—Pokiston kun tartibidagi, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar doiralaridagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar borasida fikr almashdi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar deyarli barcha o‘zaro manfaatli sohalarda faollashdi. Bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi.

Tadbirkor delegatsiyalarining tez-tez uchrashishlari natijasida 100 million AQSh dollariga teng shartnomalar imzolandi. Shuningdek, sayyohlik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar jadal tus oldi va samarali bo‘ldi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida 2018-yilning 26—27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyanining muvaffaqiyatli natijalari ta’kidlandi va mintaqa uchun muhim bo‘lgan ushbu sohada konstruktiv hamkorlik qilishga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi