O‘zbekiston Moliya vazirligi davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi fikrlarni o‘rganishga kirishdi.
So‘rovdan quyidagi savollar o‘rin olgan:
G‘aznachilik tizimi xodimlarining muomalasi, bilimi va xizmat ko‘rsatishi sizni qoniqtiradimi?
Ish haqini to‘lash muddatlarida kechikish holatlari bormi?
Ish haqi to‘lanishi kechiktirilsa tashkilotingiz buxgalteri yoki rahbari buni nima bilan izohlashadi?
2018-yilda budjet tashkilotlari tomonidan yetkazib beruvchilardan olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha o‘zgarish bo‘ldimi?
Eng yuqori xarid narxlarini belgilash yo‘li bilan budjet tashkilotlari uchun oziq-ovqat maxsulotlarini tartibga solish amaliyoti to‘g‘risida fikringiz?
Mazkur so‘rov davlat budjetining g‘azna ijrosini takomillashtirish uchun o‘tkazilayotgani bildirilmoqda.
Izoh (0)