O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilingan.
Tursinxon Xudoyberganov 2010—2016-yillarda ham Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2017-yilning yanvarida buyon Prezident maslahatchisi lavozimiga ishlab keladi.
Shuningdek, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)