Rossiya yaqin vaqt ichida Suriyaga “Favorit” C-300 zenit-raketa komplekslarini yetkazib bera boshlaydi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.
Nashrga ko‘ra, zenit-raketa komplekslari Suriyaga to‘lovsiz asosda yetkazib beriladi. Mudofaa-sanoat kompleksi manbasining xabar berishicha, mazkur turdagi yangi tizimni xarid qilish uchun suriyaliklarning puli yo‘q, kredit rasmiylashtirish esa Rossiya rejalariga kirmaydi.
C-300 bilan hukumat kuchlari qisqa muddatda Damashq va aerodromlarni raketa hujumlaridan himoya qiluvchi raketaga qarshi mudofaaning eshelon tizimini yaratishi mumkin.
Izoh (0)