“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi eskpluatatsiyadan chiqarilgan aviatsiya texnikasini sotuvga qo‘ydi. Tegishli e’lon aviakompaniya saytida berildi.
“Samolyot-motor parkining unifikatsiya qilinishi munosabati bilan ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ milliy aviakompaniyasi ekspluatatsiyadan chiqarilgan va saqlanayotgan quyidagi aviatsiya texnikasini sotuvga qo’yadi”, — deyiladi xabarnomada.
Sotuvga qo‘yilgan havo kemalari:
Il-76TD UK76427 — 2246090 dollar;
Il-76TD UK76793 — 2240460 dollar;
Il-76TD UK76794 — 1424010 dollar;
Il-76TD UK76821 — 1552580 dollar;
Il-76TD UK76831 — 2701770 dollar;
Il-76TD UK76844 — 2549730 dollar;
A-310-324 UK31001 — 1 275 000 dollar;
A-310-324 UK31002 — 1 275 000 dollar;
A-310-324 UK31003 — 2 000 000 dollar;
AVRO146-RJ85 UK80001 — 2 800 000 dollar;
AVRO146-RJ85 UK80002 — 1 600 000 dollar;
AVRO146-RJ85 UK80003 — 1 000 000 dollar.
Maxsus aviatsiya ishlari (MAI) aviakompaniyasi esa Mi-8Т (2 dona), Мi-8МТВ-1 (2 dona) vertolyotlarini sotuvga qo‘ydi.
Shuningdek, ko‘plab aviadvigatellar sotuvga qo‘yildi.
Izoh (0)