Rossiyaning Tula viloyati, Shekinsk tumanida O‘zbekistonning 35 yoshli fuqarosi hamyurtini o‘ldirgani uchun jazoga hukm qilindi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Bahodir Satimov va uning 49 yashar vatandoshi K. Tyoploye posyolkasidagi ijara kvartirada ichkilik ustida janjallashib qoladi.
Mojaro asnosida Satimov sherigining boshiga musht bilan uradi, so‘ng polimer bog‘ich bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi.
Sud qarori bilan Bahodir Satimov 8 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Jazo qattiq tartibli koloniyada o‘talishi belgilandi.
Izoh (0)