Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish holati yuzasidan O‘rta Osiyo respublikalaridan birining fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar aloqa uchun Telegram messenjeridan foydalangan.

Tergov qo‘mitasi 21 yoshli O‘rta Osiyo respublikalaridan birining fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Gumonlanuvchilar Sankt-Peterburgda 2017-yilning dekabridan 2018-yilning apreliga qadar internetdagi ijtimoiy guruhlardan foydalanib, shaxsi noma’lum bo‘lgan kishiga Yaqin Sharq mamlakatlaridan birida faoliyat yurituvchi xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatiga qo‘shilish istagini bildirib kelgan.

“Noma’lum shaxs ularga Rossiyadan chiqib ketishning xavfsiz yo‘li va huquq-tartibot organlari nazoratini chetlab o‘tishni va’da qilgan. Shuningdek, terrorchilik tashkilotining mashg‘ulot lageriga yetkazishda ko‘maklashishini ma’lum qilgan”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)