Meksika janubidagi Gerrero shtatida 18-aprel, chorshanba kuni yuz bergan ikki qurolli to‘qnashuv oqibatida 16 kishi — olti nafar politsiyachi va o‘n nafar gumonlanuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Meksika xavfsizlik xizmati vakili Roberto Alvaresning so‘zlariga qaraganda, birinchi otishma Koakuyul shahrida yuz bergan. U yerda shtat politsiyasi konvoyiga hujum qilingan. Hodisa oqibatida bir nafar politsiyachi yaralangan, o‘n nafar gumonlanuvchi jinoyatchi o‘ldirilgan.
Ikkinchi hujum birinchi hujumda halok bo‘lganlar uchun qasos bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Siuatanexo shahridan shimolda noma’lum shaxslar olti nafar huquq-tartibot xodimini o‘ldirgan.
Izoh (0)