Avstriyada boshpana so‘rovchilar mobil telefonlari va 840 yevrogacha naqd pullarini hukumatga topshirishga majbur bo‘ladi. Mamlakat vazirlar mahkamasi 18-aprel kuni mazkur choralarni tasdiqladi, deb yozadi The Local.
Pullar boshpana olish uchun berilgan arizalarning xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi. Mobil telefonlardan esa muhojirlarning Avstriyaga qanday kelib qolganligini tekshirish uchun foydalaniladi. Agar geolokatsiya ma’lumotlari qochoqlar avval Dublin reglamenti amal qiluvchi mamlakatlarda bo‘lganligini ko‘rsatsa, ular mazkur davlatlarga qaytarib yuborilishi mumkin.
Hukumat tomonidan ma’qullangan choralarga ko‘ra, muhojirlar Avstriya fuqaroligini olish uchun hozir belgilanganidek olti yil emas, mamlakat hududida o‘n yil yashagandan so‘ng ariza berishi mumkin.