Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida P.I.Chaykovskiy nomidagi Katta simfonik teatrning taniqli dirijor Vladimir Fedoseyev boshchiligidagi konserti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.
Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi toshkentlik muxlislarga dunyo klassikasi noyob asarlari ijrosidan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi. Kechada J.Verdining “Traviata”, J.Rossinining “Sevilya sartaroshi”, Chaykovskiyning “Iolanta”, M.I.Glinkining “Ruslan va Lyudmila” va boshqa o‘lmas musiqiy asarlar yangradi.
Ariyalarni “Novaya Opera” teatri yetakchi solisti Vasiliy Ladyuk va Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri yetakchi solisti, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov ijro etdi.
19-aprel kuni “Lukoyl” kompaniyasi Toshkent auditoriyasiga yana bir konsertni taqdim etadi. Unda M.Magomayev, A.Paxmutova, A.Babajanyanning opera ariyalari va qo‘shiqlari yangraydi.
Izoh (0)