29—31-mart kunlari Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Vostochnaya skazka” XIV xalqaro musiqiy festivalida ishtirok etgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 3-kurs talabasi Zinatdin Nuratdinov tanlov g‘olibi bo‘ldi va gran-pri sohibiga aylandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
Zinatdin Nuratdinov 2017-yil 29—31-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Bravissimo” Xalqaro milliy soz asboblari festivalida ham g‘olib bo‘lgan. Bundan tashqari, 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)