Ayni paytda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unda tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Jasur Akromov tayinlandi.
Shuningdek, rais o‘rinbosarlari tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Muzaffar Komilov hamda Nuriiymon Abdulhasan qo‘mita raisi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov va uning o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev ishdan olingani haqidagi xabarlar rad etilgandi.
Izoh (0)