Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi endilikda Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi deb o‘zgartirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qo‘mita nomining o‘zgarishi mas’uliyat sohasi kengayganligi bilan bog‘liq. Avval qo‘mitaning faoliyat doirasi faqat axborot sohasi rivojlanishiga qaratilgan bo‘lsa, endilikda qo‘mita innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotining turli sohalariga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish yo‘nalishida ham faoliyat yuritadi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, o‘zgarish rasmiyatchilik uchun emas, mamlakat innovatsion rivojlanishi jarayonlarini jadallashtirish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar dasturining bir bosqichidir. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qaror bilan innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishga qaratilgan, parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish uchun institutsional asos shakllantirilmoqda.
Izoh (0)