Hindistonning Haydarobod shahrida yashovchi yetti yoshli alpinist Samanyu Potxuraju Afrikaning eng baland tog‘i Kilimanjaroni zabt etdi. Bu haqda 16-aprel, dushanba kuni NDTV telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Kilimanjaroning bir nechta cho‘qqilari bor, biroq Samanyu ulardan eng balandi — balandligi dengiz sathidan 5 895 metrni tashkil etuvchi Uxuro cho‘qqisiga chiqdi.
Cho‘qqiga ko‘tarilish 29-mart kuni boshlangan va 2-aprel kuni yakunlangan, shundan so‘ng yosh sportchi Hindistonga qaytgan.
“Yomg‘irli kun edi. Biroz qo‘rqdim, oyoqlarim og‘rirdi, yarim yo‘lda dam olish uchun to‘xtadim, biroq keyin cho‘qqigacha chiqdim”, — hikoya qiladi alpinist.
Toqqa chiqishda bolaga uning onasi, murabbiyi va yana bir alpinist hamrohlik qilgan. Endi Samanyu Kossyushko tog‘iga ko‘tarilish uchun Avstraliyaga yo‘l olishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)