AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan may oyida yoki iyun oyining boshida uchrashishga umid qilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bu haqda u Oq Uyda vazirlar mahkamasi yig‘ilishi boshlanishidan oldin bayonot berdi.
Tramp, shuningdek, Vashington Shimoliy Koreya bilan aloqada bo‘lib turganini tasdiqladi.
Tramp AQSh adolatli yechim topilishini istashini hamda tomonlar KXDR denuklearizatsiyasi bo‘yicha kelishuvga erisha olishiga ishonishini ta’kidladi.
Oldinroq KXDR AQSh bilan bu masalani muhokama qilishga tayyorligini bildirgan edi.
Izoh (0)