Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda BMW X6 avtomobili haydovchisi mashinasiga maxsus qurilmalar o‘rnatganligi haqida videolavha tarqalgandi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur transport vositasi haydovchisi, 1985-yilda tug‘ilgan F.J. poytaxtning Uyg‘ur ko‘chasida to‘xtatilib tekshirilganda, tegishli ruxsat olmay mashinasiga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatib harakatlangani aniqlandi.
Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh (0)