Amerikaning Ford Motor Co. konserni uzatmalarni o‘chirib yoqishdagi potensial muammo sabab o‘zining 350 ming yuk mashinasi va yo‘ltanlamaslarini chaqirib oladi. Bu haqda National Public Radio’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Kompaniya yaqinda ishlab chiqarilgan Ford F-150 yo‘ltanlamaslari va Expedition yuk mashinalarini chaqirib oladi. Bunga sabab uzatmalarni o‘chirib yoqishdagi muammo transport vositasining kutilmaganda harakatlanib ketishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
AQSh, Kanada va Meksikadagi avtomobillar chaqirib olinadi. Mashinalar tekshiruvdan o‘tkaziladi va agarda nosozlik topilgudek bo‘lsa, tuzatiladi.
Izoh (0)