Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 4R-34 “Jizzax—Gagarin” yo‘lining 49-kilometrida ikki Nexia to‘qnashib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Hodisa 4-aprel kuni soat 12:40 atrofida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlar, Telegram’dagi ommabop kanallarda voqea joyidan video va fotolar paydo bo‘lgan.
Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro haydab kelayotgan Nexia “Jizzax—Do‘stlik” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan arnasoylik 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida har ikkala avtomobilda bo‘lgan barcha — jami sakkiz kishi halok bo‘lgan.