Bugun, 5-aprel sanasida O‘zbekiston Superligasi bahslarining 5-turiga start berildi.
Kunning birinchi o‘yini Farg‘onada bo‘lib o‘tgani haqida biroz avval xabar berib o‘tgandik.
Navoiyda “Qizilqum”— “Bunyodkor” o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv Mirjalol Qosimov shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol Javlon Ibrohimov tomonidan 84-daqiqada kiritildi.Bu g‘alabadan so‘ng “Bunyodkor” o‘z hisobidagi ochkolari sonini 13 taga yetkazib oldi va 5-tur qanday yakunlanishidan qat’i nazar musobaqa jadvalida 1-o‘rinda qoladigan bo‘ldi.
Superliga
5-tur bellashuvlari
5-aprel, payshanba
Izoh (0)