Afg‘oniston shimoliga Suriyadan sakkiz ming jangari kelib joylashgan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktorining birinchi o‘rinbosari Sergey Smirnov ShHTning Mintaqaviy antiterror tuzilmalar kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda EADaily.
Smirnov Tojikiston tomonidan berilgan ma’lumotlarga tayanib aytishicha, Afg‘oniston shimolida Suriyadan qochgan qariyb sakkiz ming jangari joylashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar, xususan IShID jangarilarining Afg‘oniston tomonga ko‘chishi Turkiya va Eron hududi orqali yuz bergan.
Sergey Smirnovning ta’kidlashicha, jangarilar orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan chiqqan ko‘plab fuqarolar bor. Bu muammoning yechimi ShHT a’zo mamlakatlarining mutassaddi organlari ishtirokida qo‘shma choralarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Izoh (0)