O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakolatxonasi hamkorligida Berlinda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda ushbu mamlakatda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar, mehnat qilayotgan vatandoshlar, Germaniya ilmiy va akademik doiralari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistondan tashrif buyurgan san’at ustalarining chiqishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir asnosida she’rxonlik, milliy o‘yinlar tashkil qilindi. Dasturxonga bahoriy taomlar tortildi.
Izoh (0)