Boliviyaning janubiy qismida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda 2-aprel, dushanba kuni AQSh geologiya xizmati xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Seysmologlar ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari epimarkazi Karandaiti aholi punktidan o‘n kilometr shimoli-sharqda, uning o‘chog‘i esa 557 kilometr chuqurlikda joylashgan. U Boliviya tarixidagi eng kuchli zilzila bo‘lganligiga qaramasdan, uning o‘chog‘i chuqur yer ostida joylashganligi sababli dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronagarchiliklarni keltirib chiqarmagan.
2-aprel kuni kechqurun, Salvadorda ham 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. U San-Visente departamenti sohillarida sodir bo‘lgan.
Vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida xabar berilmadi. Sunami tahdidi e’lon qilinmagan.
Izoh (0)