Bugun, 31-mart sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetadi. Kun taqvimidan 3 o‘yin o‘rin olgan.
29-mart sanasida “So‘g‘diyona” hamda “Qizilqum” jamoalari 4-turni boshlab bergan edi. O‘yinda “Qizilqum” g‘olib chiqdi.
Kecha, 30-mart kuni ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Birida “Bunyodkor” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.Kunning ikkinchi o‘yinida “Nasaf” o‘z uyida “Metallurg”ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi.Bugun esa Qo‘qonda muxlislar vodiy derbisiga — “Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga guvoh bo‘ladi. O‘yin 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Olmaliqda AGMK — “Lokomotiv” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.Turning markaziy o‘yini Toshkentda “Paxtakor” va “Neftchi” o‘rtasida kechadi. Bahs 20:00 ga belgilangan.
Superliga
4-tur bellashuvlari
31-mart, shanba
Izoh (0)