Rossiya Tergov qo‘mitasi “Kemerovskiy konditerskiy kombinat” OAJ bosh direktori Yuliya Bogdanovani qo‘lga oldi. Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazi binosi ushbu kompaniyaga qarashlidir, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul Bogdanova bino yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimi kamchiliklari haqida qo‘l ostidagilar tomonidan bir necha marta ogohlantirilgan.
Yaqin vaqt ichida, unga Rossiya JK 219-moddasi 3-bandida ko‘zda tutilgan (ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan yong‘in xavfsizligi talablarini buzish) jinoyat belgilari bo‘yicha ayblov e’lon qilinishi ta’kidlandi.
Avvalroq tergovchilar Kemerovodagi yong‘indan so‘ng mansabdorlarni so‘roq qila boshlaganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)