Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etgan Hindiston tashqi ishlar vaziri Mubosher Javod Akbar bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suhbat avvalida Mubosher Javod Akbar Hindiston delegatsiyasi nomidan O‘zbekiston rahbariyatini Afg‘onistonda tinchlik jarayoni va minatqa uchun muhim bo‘lgan Toshkent forumi yakunlari bilan tabrikladi. Konferensiyada BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar hamda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning yuqori darajali delegatsiyalari yig‘ilganligi qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil kuziga rejalashtirilgan Hindistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlari va oliy darajada bo‘lajak muzokaralar kun tartibiga asosiy e’tibor qaratildi.

Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston—Hindiston hamkorligining boshqa masalalari muhokama qilindi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi