Shimoliy Afrikada kuzatilgan qum bo‘ronlari tufayli Gruziyaning Ajariya mintaqasidagi Goderdzi tog‘-chang‘i kurortida qizil qor yog‘di. Tabiatning ushbu noyob hodisasi aks etgan fotosuratlar 24-mart kuni dam olish maskanining Facebook’dagi sahifasiga joylashtirilgan, deb xabar beradi UZ24.
Sinoptiklarning aytishicha, havodagi chang zarralari qorga o‘ziga xos rang beradi. Bundan tashqari, chang havoda ham qoladi — Gruziyaning bir nechta hududlarida osmonni sariq tutun qoplab turdi.
Izoh (0)