Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Tursuntohir Erbo‘tayev o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan ushbu lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona shahri “Ummul Quro” jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri bosh imom-xatibi Abdullayev Ubaydullo O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyati vakili vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Izoh (0)