Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zA muxbiriga Toshkentdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

— O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida muhim o‘rin tutadi, — deydi Tomas Shennon. — Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro qo‘shnilik aloqalarini mustahkamlash, chegara, suv resurslaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liq masalalarga tezkor yechim topish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni o‘zim uchun sharaf, deb bilaman. Suhbatimiz keng qamrovli va juda mazmunli o‘tdi. Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, ushbu mamlakatning tinch rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston rahbari bilan suhbatda shu masalada hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi