Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi doirasida ShHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasi kengashi rahbari Yevgeniy Sisoyev ham tashkilotning ushbu maqsadlarga qaratilgan faoliyati haqida gapirib o‘tdi. Uning so‘zlarini O‘zA keltirmoqda.
Bu Afg‘oniston bo‘yicha o‘tgan yarim yil ichida o‘tkazilayotgan ikkinchi muhim konferensiya bo‘lmoqda. Shu o‘rinda, mintaqada barqaror rivojlanishni ta’minlash borasida O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidlashni istardim. Bugun Yaqin Sharqdagi mojarolar, Shimoliy Afrikaning ayrim mamlakatlarida davom etayotgan notinchlik jahon hamjamiyati oldida turgan, hal etilishi kerak bo‘lgan birinchi darajali vazifa bo‘lib qolmoqda. Suriya, Yaman, Liviyadagi keskin vaziyat terrorizm eksporti va migratsiya to‘lqinini yuzaga keltirmoqda. Ushbu mamlakatlar hududida harakat qilayotgan qurolli kuchlarni bosimi ostida bu yerda terrorchilik harakati o‘z yo‘nalish va geografiyasini o‘zgartirib bormoqda. To‘qnashuvlardan qochib o‘z yurtlariga qaytayotgan harakat a’zolari esa o‘z davlatlarida mudroqdagi terror harakatini tashkil etmoqda. SHHTning antiterror tuzilmasi o‘z faoliyatini bu kabi muammo va xatarlarni bartaraf etgani holda, aniq natijalarga erishayotganini aytib o‘tishni istardim. Chunonchi, hozirgi kunga qadar tashkilotimiz tomonidan sodir etilishi va rejalashtirilgan 600 terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlarining oldi olindi.Bugungi konferensiya esa tinchlikka erishish maqsadidagi yana bir muhim qadamlar bo‘lib qoladi.
Yevgeniy Sisoyev, ShHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasi kengashi rahbari
Izoh (0)