Pokistonlik jurnalist Muhammad Javed Chaudre O‘zA muxbiriga Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining ahamiyati haqida so‘zlab berdi.
Afg‘onistondagi notinchlik birinchi navbatda unga qo‘shni davlatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda biz Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy Toshkent tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz.2018-yil Afg‘oniston muammosini hal qilishda juda muhim yil bo‘lishi kerak. Aks holda bu mamlakatdagi vaziyat yanada keskinlashib ketishi mumkin. Bu jarayonda Markaziy Osiyo davlatlari qatorida Rossiya, AQSh, Xitoy kabi davlatlar ham faol ishtirok etishi yaxshi samara beradi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan o‘z vaqtida tashkil etilgan Toshkent xalqaro konferensiyasi ana shu juda jiddiy va nozik masalani hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Muhammad Javed Chaudre
Izoh (0)