Namanganda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar haftaligi doirasida Yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi rahbari Ra’no Shodiyeva yana bir murg‘ak qalb sohibasi — Munisaxon bilan do‘st bo‘lib oldi. Bu haqda YoI Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Munisa Yusufjonova yakka tartibda tahsil olsa-da, ta’lim olish borasida tengdoshlaridan aslo ortda qolayotgani yo‘q.
U hozirda Namangan shahridagi 77-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchisi. Yagona orzusi — o‘rtoqlari kabi chopqillab yurish. Shu bois, xonadonga tashrif buyurgan mehmonlar Munisaning davolanishi borasida jiddiy bosh qotirishdi.
Munisa tez kunlarda davolanish uchun shifoxonaga jo‘natiladigan bo‘ldi. Shuningdek, unga zamonaviy nogironlar aravachasi ham taqdim etiladi.
Izoh (0)