O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev afg‘onistonlik hamkasbi, Toshkent shahrida o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ashraf G‘anini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Prezident Muhammad Ashraf G‘ani Shavkat Mirziyoyevga ushbu taklif, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlik jarayonini jadallashtirish borasidagi tashabbuslari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)