Navro‘z munosabati bilan Samarqand viloyat IIB xodimlarining birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hozirgi vaqtda pensiyada bo‘lgan sobiq xodimlar holidan xabar oldi va ularga bayram sovg‘alari ulashdi.
Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, sovg‘alar asosan kam ta’minlangan, og‘ir xastalikka chalingan, xizmat vaqtida nogironligi bo‘yicha nafaqaga chiqqan sobiq ichki ishlar organlari xodimlariga tarqatilgan.
Izoh (0)