Somali poytaxti Mogadishoda joylashgan Weheliye mehmonxonasi kirishida minalashtirilgan avtomobil portlab ketdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi.
Portlash uyushtirilgan mehmonxona gavjum ko‘chada joylashgan.
Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech qanday guruh o‘z zimmasiga olmadi. Oldinroq shu hududda “ash-Shabob” radikal guruhi teraktlar uyushtirgan edi.
Izoh (0)