Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon gimnastikasi afsonalaridan biri 42 yoshli o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Boku shahrida o‘tkazilayotgan Jahon kubogi bahslarida muvaffaqiyatli qatnashdi va oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Chusovitina o‘zining sevimli yo‘nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ball to‘plab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan mezbon sportchi Marina Nekrasova 13,833 ball jamg‘ara oldi. Uchinchi o‘rin esa sloveniyalik Tyas Kisselefga nasib etdi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, musobaqada 25 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun Oksana Chusovitina bir necha hafta oldin Xyustonda o‘tkazilgan musobaqada uchta oltin va bitta kumush medalini qo‘lga kiritgandi.

2017-yilda esa Chusovitina Boku, Doha va Kotbusdagi jahon kubogida, shuningdek, Ozarbayjondagi Islom birdamlik o‘yinlarida ham oltin medallarga ega chiqqandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)