O‘zbekiston Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida 15-mart kuni Oliy Majlis Senatining “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalari, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish” to‘g‘risidagi qarori loyihasi e’lon qilindi. Loyiha muhokamasi 30-martgacha davom etishi, shu sanadan so‘ng u qabul qilinishi kutilmoqda.

Qaror loyihasiga to‘y va ma’arakalarni o‘tkazish bo‘yicha nizom loyihasi ham ilova qilingan bo‘lib, uning 7-bandida taqiqqa tushishi kutilayotgan to‘y atrofidagi tadbir va marosimlar ro‘yxati keltirilgan.

Rasm: “Daryo”

Bu taqiq va cheklovlarni buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi — Senat qarori loyihasida Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga bir oy muddatda oilaviy tadbirlar o‘tkazish tartibiga rioya qilmaganlik uchun tegishli javobgarlikni belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi vazifasini yuklatish ham ko‘zda tutilgan.