15-mart kuni Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Oliy Majlis Senatining to‘y-hashamlar va boshqa oilaviy marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarori loyihasi e’lon qilindi. Qaror loyihasiga to‘y va ma’rakalarni o‘tkazish bo‘yicha nizom loyihasi ham ilova qilingan bo‘lib, unda, jumladan, taqiqqa tushishi kutilayotgan to‘y atrofidagi tadbir va marosimlar ro‘yxati ham keltirilgan.

Qaror 30-martdan so‘ng qabul qilinishi kutilmoqda — imzolanajak hujjat, muhokama jarayonida tushgan takliflar asosida, loyihada ko‘rsatilganidan farqli bo‘lishi mumkin.

Bu qaror loyihasi har kimga har xil ta’sir qilishi mumkin — bundan “Mahallada duv-duv gap”dagi kabi Xolposhshalar ranjishi aniq, biroq “Uchrashuv” filmidagi provodnik sovchiga o‘xshaganlar xursand ekanligini aytmasa ham bo‘ladi. Kim bilsin, balki hali quvonish yo ranjishga ertadir, lekin kayfiyatni ko‘tarishning ayni vaqti: