Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi Pxenyanda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Izvestiya” ushbu muzokaralarda vositachi rolini o‘ynayotgan Janubiy Koreya hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Koreya Respublikasi birlashuv vazirligida bunday tanlovni uchrashuvga aynan Kim Chen In tashabbuskorik qilgani bilan izohlashmoqda. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya rahbariyati Rossiya va Xitoydan boshqa chet mamlakatlarga ancha vaqtlardan buyon bormaydi.

Yana bir joy Koreya yarim orolidagi qurolsizlantirilgan hudud yoki Janubiy Koreya bo‘lishi mumkin, ammo manbalar da’vo qilishicha, KXDR hududida uchrashish ayni paytda birlamchi variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Kim Chen In Trampga mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatishni taklif qilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI
Dunyo
Afg‘onistonda yuqori martabali amaldorlar “Tolibon” yetakchisini taxtdan ag‘darmoqchi 
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda