Rossiya Suriyadagi operatsiya davomida 210 turdagi qurolni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Suriya RF Qurolli kuchlari uchun ulkan tajriba bo‘ldi”, — ta’kidladi u.
“Biz qurollarni suriyaliklar bilan birga ishlatdik va sinovdan o‘tkazdik. Bu kelajakda shu qurol bilan urush qilish uchun keladiganlarning hayotini saqlab qoladi degan umiddamiz”, — qo‘shimcha qildi Shoygu.
Izoh (0)