Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turidan keyin ochko yo‘qotmagan klubning o‘zi qolmadi.
2-tur bellashuvlari 3 kun davom etdi. Birinchi kun — 8-mart sanasi vodiy klublari uchun omadli keldi. Avvaliga Namanganning “Navbahor” klubi AGMK maydonida zafar quchgan bo‘lsa, keyinroq “Qo‘qon-1912” futbolchilari Navoiyda “Qizilqum”ni yengishga erishdi.
Superliga. 8-mart vodiy klublari uchun ataldi. Ravshan Ermatov esa Mirjalol Qosimovni maydondan chetlatdi
Turning ikkinchi kunida mamlakat chempioni va vitse-chempioni maydonga chiqdi. “Nasaf” Farg‘onadagi durangdan keyin, endi Qarshida “Buxoro” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. “Lokomotiv” esa Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibning bir qator futbolchilarini maydonga chiqarmadi va durang o‘ynab qo‘ydi — 1:1.Superliga. Amaldagi chempion “Lokomotiv” 2-turdayoq ochko yo‘qotdi. “Nasaf” esa irodali g‘alabaga erishdi
Uchinchi kunga kelibgina markaziy o‘yin o‘tkazildi. Toshkent derbisida tarkibi ancha kuchsizlangan “Bunyodkor”, oydan-oyga kuchayib borayotgan “Paxtakor”ni taslim qildi — 1:0. Arveladze jamoasi so‘nggi daqiqada penaltini havoga sovurdi. Keyinroq esa Superligada qoldirilgan “So‘g‘diyona” va “Neftchi” klublari o‘zaro golsiz durang o‘ynadi — 0:0. Mazkur jamoalar ketma-ket ikki turdirki raqiblar postiga yo‘l topa olmadi.“Paxtakor” so‘nggi daqiqada penalti urolmadi va poytaxt derbisida Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”i zafar quchdi (video)
Turnir jadvalini quyida ko‘rish mumkin. Reglamentga ko‘ra, ikki davra o‘yinlaridan keyin dastlabki 6 ta o‘rin egalari chempionlik uchun alohida kurash olib boradi. Keyingi olti jamoa esa Superligada jon saqlab qolish uchun kurashadi.Biroq “oltin ochko” qoidasi ham bor. Bunda oltilikka birga kirgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi natijalari saqlab qolinadi. Misol uchun, “Bunyodkor” ayni holatga ko‘ra “Paxtakor”dan 3 ochko ilgarilab ketgan. “Lokomotiv” esa hali birorta ham ochko ishlamagan, chunki uning raqiblari hozircha oltilikka kira olmagan.
Izoh (0)