Joriy yilning 26-fevralidan 4-martigacha bo‘lgan vaqt mobaynida onlayn auksionlar orqali 119 ta avtomobil raqam belgisi sotildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan ikki marotaba ko‘p, deya xabar beradi Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati.
Ulardan 104 tasi jismoniy shaxslar, 15 tasi yuridik shaxslarga sotildi.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 milliard so‘mni tashkil qilib, avvalgi hafta ko‘rsatkichiga nisbatan uch baravar ortdi.
Bitimlarning deyarli 80 foizi oliy toifadagi avtoraqamlar, 13,4 foizi 2-toifa hamda 6,8 foizi 3-toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri keldi.
Xaridorlar orasida yetakchilikni Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati, keyingi o‘rinlarni Farg‘ona va Samarqand viloyati haydovchilari egalladi.
Izoh (0)