Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi Nozigul Ismailova bedarak yo‘qolgan edi. Tezkor tadbirlar natijasida qiz Qoraqalpog‘istonda topildi, deb xabar beradi O‘zA.
U Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati boshqarmasi xodimi Izbasar Fazilov va Milliy gvardiya xodimi, serjant Rustam Xidirov sa’y-harakati bilan topildi. Joriy yilning 20-fevral kuni qiz ota-onasiga topshirildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining sinchkovligi natijasida ota-onasining bag‘riga qaytarilgan qizning onasi Dilnoza Parpiyevadan Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligiga minnatdorlik xati keldi. Uning mazmuni quyidagicha:
“Uchqo‘rg‘on tumani, ‘Yog‘du’ mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Nurobod ko‘chasi, 44-uyda istiqomat qilaman. Qizim uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan edi. Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati boshqarmasi xodimi I. Fazilov va Milliy gvardiya xodimi, serjant R. Xidirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida farzandimni topib berib, xavf-xatarning oldini oldi. Buning uchun ushbu xodimlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”.
Izoh (0)