Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) bosh direktori Frensis Garri bilan uchrashdi, deb yozadi UzDaily.

Frensis Garri. Foto: UzDaily

Frensis Garri. Foto: UzDaily

Frensis Garri O‘zbekiston va JIMT o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holatidan qoniqish bildirib, tashkilotning uni har tomonlama yanada mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida hamkorlikdan amaliy natijalarga erishish uchun tomonlarning barcha imkoniyatlarini ishga solish borasida kelishuvga erishildi.

Intellektual mulk sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, milliy salohiyatni oshirish, ushbu sohaning JIMT xalqaro me’yorlariga muvofiq rivojlanish barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi